Urganch tumanida joriy yil 2-mavsumida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va “eng koʻp” ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan takliflar asosida mahallalarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda."Xojiboylar" mahallasi Bunyodkor 3-yo'lak, 5-yo'lak, 6-yo'lak, 8-yo'lak, Temirchilar 2-yo'lak, va Soxil bo'yi koʻchasi loyiha asosida 2 km. asfalt yotqizish belgilangan boʻlib, pudratchi tashkilot tomonidan asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarildi.
“Tashabbusli byudjet”da gʻolib takliflar doirasida hududlardagi ichki koʻchalarda taʼmirlash ishlari to'liq yakunlandi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati