Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Sapayev tomonidan tumandagi Oq yop mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida tumandagi korxona va tashkilot xodimlari ishtirok qilib, fuqarolarning turli masalalari yuzasidan murojaat va takliflar soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. Ushbu murojaatlarni qonuniy hal qilish, amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.