Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida:
1. Tuman prokurori S.Gaybiyevning tumanda prokuratura organining qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hamda 2-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2024-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;
2. 2024-yilning 12 oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar hamda 3-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar” daftariga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbayevning hisoboti to‘g‘risida;
3. 2024-yil davomida budjet tushimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 4-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar” daftariga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Egamovning hisoboti to‘g‘risida;
4. Urganch tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yavqachevning 2024-yil davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati bo‘yicha olib borilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
5. Urganch tuman mahalliy budjetining 2025-moliya yili boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
6. Urganch tumanidagi sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining 2024-yil davomidagi murojaatlar bilan ishlash faoliyatlari yuzasidan hamda Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va “G‘alaba” hamda “Qumravot” mahallalari hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapayevning axboroti to‘g‘risida;
7. Urganch tumani 3-sektor hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uzoq muddatga xorijga ishlashga ketgan migrantlarni qaytarish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2025-yilning 1-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ishlar “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi, shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.