🔔 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan tashabbusli budjet (openbudget.uz) platformasi orqali 2024-yilning 2-mavsumida Xorazm viloyati Urganch tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 20-sonli umumta'lim maktabi 773 ta ovoz to'plab g'olib bo'lgan. Ushbu taklifni amalga oshirish uchun 1 milliard so'm ajratilib, maktabga zamonaviy deraza romlar o'rnatildi va binoning ta'mirlash ishlari to'liq yakunlandi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati