
Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak hozirda axborot texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar (kiberjinoyatlar) soni sezilarli darajada ortgan.Shu munosabat bilan Xorazm viloyati IIB kiberxavfsizlik boʻlimi mutaxassislari ishtirokida Urganch tumanida seminar tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga shaxsiy ma'lumotlar, bank kartalari ma'lumotlarini maxfiy saqlash hamda internetdagi firibgarlik sxemalaridan ogoh boʻlish muhimligi tushuntirildi.
Seminar davomida mavzuga oid taqdimotlar, videoroliklar namoyish etildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati