×
17-фев 2025 yil 101

Afg‘on urushi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

15-fevral – Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilganiga 36 yil to‘ldi. Ushbu sana munosabati tuman hokimligi tashabbusi bilan urush faxriylari uchun “Sherdor” to‘yxonasida bayram tadbiri tashkil etildi. 

Bayram tadbirini tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jaxongir Xalmetov ochib berdi. Jaxongir Xalmetov o‘z so‘zida Afg‘onistonda chorak asrcha davom etgan o‘zaro urushlarga barham berish uchun sobiq ittifoq armiyasi safida safarbar qilingan, murakkab sharoitlarda jang-u jadallarda qatnashib, omon qaytgan faxriylar uchun 15 fevral – sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqib ketilgan sana chinakkam bayram ekanligini ta’kidladi hamda ularni bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar o‘tkazilib, sobiq afg‘onchilarga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatilayotganini qayd etib o‘tildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on urushida 65 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari qatnashib, 1500 nafardan ko‘prog‘i halok bo‘lgan.

Bayram tadbirida Afg‘on urushi faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Bir-biridan ajoyib Vatan, ona, tinchlik, shukronalik haqidagi sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar faxriylarimizga ko‘tarinki bayramona kayfiyat beg‘ishladi.

Tadbir so‘ngida Afg‘on urushi faxriylari barcha tadbir tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech