
27 mart kuni Urganch tumani, Hilol mahallasida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi binosida Urganch tuman IIB bilan hamkorlikda tashkil qilingan ochiq sayyor sud majlisida, O‘zbekiston Respublikasi JKning
266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) hamda JKnnig 169-moddasi (O‘g‘irlik) jinoyatlarini sodir qilgan fuqarolarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishlari mazmunan ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birgalikda, mazkur sayyor sudda 5 nafar Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik — harakatlarini sodir qilgan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan bo‘lgan hamda Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlari ko‘rilib, qonunda belilangan jazolar tayinlandi.
Shu bilan birgalikda sud majlisi ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.