×
26-мар 2025 yil 28

Ayollar bandligi — oilalar va jamiyat farovonligining muhim sharti

Urganch tumanidagi bandligi ta'minlanmagan xotin-qizlarni kasbga o'qitish orqali bandligini ta'minlash maqsadida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
"Fayz Baraka Xorazm" MCHJ qaramog'ida umumiy yer maydoni 6.5 gektar, shundan 6 gektaei limonariya yo'nalishida, oraliq ekin sifatida pomidor, bodring, qalampir, karam yetishtiriladi. Maxsulotlar Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston Respublikasiga eksport qilinadi.

Xotin-qizlarning limonariya yetishtirish bo'yicha amaliy seminar jarayonlari bilan tuman hokimi G.Sultanov va Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari N.Kutlimuratova tanishdilar.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech