×
28-мар 2025 yil 32

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun tartibida:

  1. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan Urganch tumani prokurori S.Gaybiyevning axboroti to‘g‘risida;
  2. Urganch tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbayevning hisoboti to‘g‘risida;
    1. Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarorining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
      1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevralda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali  faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarorining ijrosi haqida;
      2. Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Ro‘zmetovning axboroti to‘g‘risida;
      3. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida;
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech