

Tumandagi ishsiz ayollarga 1000 tup anjir koʻchatlari tarqatildi. Shuningdek, ushbu anjir koʻchatlarini parvarishlash hisobiga yuqori daromad olish mumkinligi tushuntirildi. Albatta, bu kabi tadbirlar ayollarning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, oilaviy dehqonchilikni rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga koʻchat ekish orqali nafaqat, xonadonlar iqtisodiy manfaat koʻradi, balki atrof-muhitni yashillikka burkashhamda ekologik muvozanatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.