
Urganch tumani Oq ariklar mahallasida bir qator sport tadbirlari tashkil etildi. Mahalladagi xotin-qizlar faollari, otinoyilar, qizlar jarayonda faol ishtirok etdilar. Sport aksiyasida badantarbiya mashqlari,arqon tortish o'yini, voleybol, marafon, shashka o'yinlari bo'lib o'tdi. Bunday tadbirlardan asosiy maqsad aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishdan iborat.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati