×
02-фев 2024 yil 79

VATANNI SEVISH, UNI HIMOYA QILISH HAR BIR FUQARONING MUQADDAS BURCHIDIR

DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli Xorazm viloyatida joylashgan harbiy qism komandiri podpolkovnik Ya.Bekirov Urganch tumanidagi 41-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻquvchi-yoshlari bilan uchrashdi.


Uchrashuvda tuman hokimi o`rinbosari I.Raximova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva, 4-sektor xodimlari, oʻquvchi-yoshlar, maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla yettiligi ishtirok etdi. 

Tadbirda soʻz olganlar tomonidan bugun mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama barkamol, qalbida yurt mehri joʻsh urgan haqiqiy vatanparvarlar sifatida ulgʻayishi uchun tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 


Shu maktabning sobiq oʻquvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi Shodlik Raximov mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.


Shu munosabat bilan harbiy xizmatchining ota-onasiga mard va jasur oʻgʻlonni tarbiyalaganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech