×
23-янв 2024 yil 108

URGANCH TUMAN PROKURORINING TUMAN AHOLISIGA M U R O J A A T I

 Aziz hamyurtlar!
     Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, davlatchiligimiz tarixi hech qachon bugungidek keng koʻlamli va shiddatli islohotlarga   guvoh   boʻlmagan.
Qariyb 8 yildirki, Oʻzbekiston xalqi inson qadri amalda ulugʻlanadigan jamiyat barpo etish yoʻlidan bormoqda.
     Oʻtgan 2023 yilda oʻtkazilgan Konstitusiyaviy islohotlarga oid referendum va Prezident saylovi natijalarining oʻzi bugungi islohotlarning tarixiy zarurat taqozosi ekanini yana bir karra koʻrsatdi.
     Buning natijasida, dunyo miqyosida «YangiOʻzbekiston» degan ibora paydo boʻlib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obroʻ - e'tibori   tobora   ortib   bormoqda. 
Qolaversa, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, inson qadrini ulugʻlash islohotlar markaziga olib chiqildi.
     Konstitusiyaning 1 – moddasidagi “Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi, Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy   va   dunyoviy   davlat deb atalishi, Davlat har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart – sharoit yaratish   majburiyatini   olmoqda.
Qadrli eldoshlar!
     Ijtimoiy davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan, sifatli ta'lim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy – joyli boʻlish sharoiti mavjud boʻlgan, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro oʻz muammolari bilan yolgʻiz qolmaydigan adolatli   davlatdir.
     Demokratik islohotlarning mezoni sifatida “Davlat inson uchun” tamoyili belgilanishi ushbu jarayonlarning lokomotivi, qolaversa, barcha boyliklar, ne'matlarning bosh iste'molchisi inson ekanligini yana bir   bor  yaqqol   koʻrsatadi. 
     Davlat organlarining tom ma'noda xalqqa xizmat qiluvchi tuzilmalarga aylantirilayotgani esa, davlatchilik  tarixidagi   misli   koʻrilmagan   voqelikdir.
     Bugungi kunda mamlakat hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolatli prokuratura organlari ham Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari, amaliy sa'y – harakatlari natijasida xalqqa xizmat qiluvchi, el – yurt manfaatlarini munosib himoyalovchi   tizimga   aylanib   bormoqda. 
     Zotan, fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda belgilab qoʻyilgan huquq hamda erkinliklari himoyasini soʻzsiz ta'minlash bugun prokuratura organlarining ustuvor vazifasidir.
Shu boisdan ham, prokuratura organlari xodimlari alohida jonbozlik koʻrsatib, barcha soha va tarmoqlarda qonuniylikni ta'minlashda oʻrnak va namuna boʻlishlari juda muhimdir.
     Barchamiz buni chuqur anglagan holda, oʻz ishimizni yangicha tizim asosida tashkil etish boʻyicha zarur chora – tadbirlarni aniq belgilab oldik.
     Buning uchun biz xalqimizga yanada yaqin boʻlib, mamlakatimizda qonun va adolat ustuvorligini, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash faoliyatimizning asosiy mezoni boʻladi.
     Bu borada asosiy e'tiborni joylarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish, muhtoj oilalarni qoʻllab – quvvatlash, ularni kambagʻallikdan chiqarish kabi dolzarb vazifalarga qaratamiz.
     Aniqlangan muammolarni mahalla ahli bilan bamaslahat va birgalikda hal qilamiz.
     Ayniqsa, “Yoshlar va biznesni qoʻllab –quvvatlash yili”da yosh avlodni tarbiyalash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular ilgari surayotgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarishga alohida e'tibor qaratamiz.
     Shu kabi, qulay biznes muhitini yaratish, tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtiramiz.
     Har qanday davlat Dasturlari asosida ajratilgan byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini ta'minlash, talon – taroj qilinishining oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
     Tegishli idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashishga yanada katta ahamiyat beramiz.
     Bu borada jinoyatning sodir etilishi emas, balki bunga imkon bergan shart – sharoitlar va uning sabablariga asosiy e'tiborni qaratamiz.
     Shu bilan bir qatorda, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasizlik bilan kurashish kelgusida ham prokuratura organlarining birinchi navbatdagi vazifasi boʻlib qoladi.
     Eng muhimi, korrupsiya bilan bogʻliq har bir jinoyatni oʻz vaqtida aniqlashda biz mahalla, yoshlar, xotin – qizlar va nuroniy tashkilotlari faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
     Shu oʻrinda, mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar talabidan kelib chiqqan holda, safimizda faqat halol,  pok va xalqchil xodimlar ishlashi diqqat e'tiborimizda boʻladi.
     Oldimizda turgan gʻoyat muhim va dolzarb vazifalarni samarali amalga oshirish va sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda tumanprokurori sifatida men butun mas'uliyat va javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.
     Ishonchim komil, har bir prokuratura xodimi bugungi kunda zimmasidagi vazifani yuksak mas'uliyat bilan ado etishni oʻzi uchun ulkan sharaf deb biladi.
Qadrli yurtdoshlar!
     Albatta yurtimizdagi barqarorlikni hamda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlardagi bardavomlikni ta'minlashda prokurorlar xalqiga, Prezidentiga sadoqat va fidoiylik bilan   xizmat   qiladi.
     Mamlakatimiz va xalqimiz rivoji uchun barchamiz bir birimizga elkadosh boʻlib, hamjihatlikda harakat qilsak, har bir hudud, mahalla va oilaning rivoji, tinchligi va osoyishtaligini saqlashda albatta koʻzlangan maqsadlarga  erishamiz. 
 Urganch tuman prokurori Sultanbay Gaybiev
2024 yil 17 yanvar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech