Sut ishlab chiqarishda qaysi hudud yetakchilik qilgan?
2023– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyat bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 919,6 ming tonna sut (2022– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 2,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.
Umumiy hajmning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan ( ming tonnada):
Urganch tumani – 129,1
Hazorasp tumani – 108,6
Qo‘shko‘pir tumani – 104,6
Xonqa tumani – 87,6
Gurlan tumani – 81,7
Yangiariq tumani – 79,1
Yangibozor tumani – 77,3
Xiva tumani – 75,6
Bog‘ot tumani – 75,1
Shovot tumani – 67,8
Tuproqqal’a tumani – 20,7
Urganch shahri – 8,1
Xiva shahri – 4,5 ming tonna.