×
21-окт 2023 yil 65

  Ona tilim faxrim

Urganch tumani hokimi G‘ayratjon Sultanov tashabbusi bilan Urganch tumani hokimligi mutaxassis xodimlari o‘rtasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida "Ona tilim- faxrim, g‘ururim" mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 


 Tanlov 4-shart asosida baholandi: 

 1- "Ona tilim madhi"; 

 2- "Men sevgan asar"; 

 3-"Do‘stimga maktub";

 4- "Men o‘qiyotgan kitob"!


    Tanlov g‘oliblari Urganch tumani hokimi sovg‘asi va diplomi bilan taqdirlandilar! Tanlov natijasiga ko‘ra quyidagilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: 


 I darajali diplom Matniyazova Nafisaga;

 II darajali diplom Jumaniyazov Hamroga; 

 III darajali diplom Baltayeva Maryamjonga nasib qildi. 


 O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli! 

  “QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!”

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech