×
05-окт 2023 yil 71

Nuroniylar va yoshlar uchrashuvi


     Yurtimizda har yili oktyabr oyining birinchi oʻn kunligi “Keksalar haftaligi” sifatida nishonlanib taʼlim muassasalarida keksa avlod vakillari bilan muloqotlar oʻtkazish ananaga aylanmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 5 oktyabr kuni Urganch davlat pedagogika universitetida “Nuroniylar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazilib, unda Urganch tumani “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, mehnat faxriysi Jumanazar Bobojanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Shuhrat” medali sohibasi Raʼno Vapaeva ishtirok qilib talabalar bilan suhbat oʻtkazishdi.


   Tadbirda yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda katta avlod vakillarining tutgan oʻrniga toʻxtalib oʻtildi.     Ularning hayotiy tajribalari, millatimizning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini bilishlari muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.


 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech