😮 Ertaga, 2024-yilning 30-oktabr kuni Urganch shahridagi IT-PARK binosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Urganch shahrida hamda Urganch tumanida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun “Xalqqa yordam-oliy qadriyat” shiori ostida kouching tashkil etiladi.
soat: 11:00
manzil: IT-PARK binosi
🧮 Kouchingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham unda ishtirok etib o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topishingiz mumkin.
Urganch shahri hamda Urganch tumanida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizni taklif etamiz. Eslatib o'tamiz, kouching viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.