Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

MATBUOT ANJUMANI

     Bugun Urganch tuman hokimligi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil qilindi.

     Tadbirda Respublikamizda oʻtkazilayotgan “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” doirasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi. Davra suhbatida soʻz olgan mutaxassislar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati, energetik ichimliklarning inson organizmiga taʼsiri, tuz, yogʻ hamda qand miqdori koʻp mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilishning ahamiyati, toʻgʻri ovqatlanish, mahsulotlar xarid qilishda uning sifatiga eʼtibor berish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

     Jurnalist va blogerlar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlashda olib borilayotgan chora-tadbirlar, aholining toʻgʻri ovqatlanishini tashkil etishda ahamiyat qaratish lozim boʻlgan jihatlar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

  Urganch tumani hokimligi axborot xizmati