Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш


Urganch tumani 22-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Eng yaxshi rivojlantiruvchi oʻyin” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlovga tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etdilar. Ushbu koʻrik-tanlovda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglar oʻz qoʻllari bilan yasagan ko‘rgazmali oʻyinlarini taqdim etdilar. “Eng yaxshi rivojlantiruvchi oʻyin” koʻrik- tanlovini oʻtkazishdan maqsad vatanimiz kelajagi boʻlgan yosh avlodning diqqati, xotira va tafakkurini, mayda motorika, yirik motorika, nutq va idrok qilish tasavvurlarini rivojlantirishga qaratilgan.  Tarbiyachilar didaktik, taʼlimiy, rolli oyinlar va  tarqatma materiallarning mazmun-mohiyati, oʻzlarining yangi gʻoyalari bilan hakamlar hay'atini tanishtirib oʻtdilar . Bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun “Bizibord uychasi”, “Nafas mashqlari”, ”Asalari ini”, 5 ta markazda ishlatiladigan rivojlantiruvchi oʻyin, “Labirint” va “Yoʻl qoidasi umr foydasi” kabi oʻyinlar katta ahamiyatga ega. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari hayʼat  aʼzolari tomonidan odilona baholandilar va faxrli oʻrinni egallagan jamoalar tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.