Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Norasmiy sektorning qurilish ishlaridagi ulushi  yuqori bo‘lmoqda 

  Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 140,9 mlrd. so‘m, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2319,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 5,7 % va  94,3 % ni tashkil etdi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra bajarilgan qurilish ishlarining hududlar bo‘yicha tahlili Tuproqqal’a va Xiva tumanlarida 100% qurilish ishlari nodavlat sektori tomonidan bajarilganligini ko‘rsatmoqda. SHuningdek,quyidagi hududlarda qurilish ishlaridagi norasmiy sektorning ulushi viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan:
•  Xonqa tumanida-97,5% (205,9 mlrd so‘m),
•  Urganch tumanida – 97,5% (192,3 mlrd so‘m),
•  YAngiariq tumanida-95,9 (148,8 mlrd so‘m),
•  Xiva shahrida-95,3 % (162,7 mlrd so‘m),
•  YAngibozor tumanida -94,9% (156,8 mlrd so‘m).


Xorazm viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati