Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

   OCHIQ MULOQOT

     Xorazm viloyati teleradiokompaniyasida 2023-2024 yillarda Urganch tumanida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish mavzusida “Ochiq muloqot” boʻlib oʻtdi.

     Ochiq muloqotda Urganch tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Xoʻjaev, va kuz-qish mavsumida faoliyat olib boradigan shtab masʼul hodimlari ishtirok etdi. 


     Muloqotda ishtirok etgan tuman hokimining oʻrinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari "2023-2024 yillarda  kuz-qish mavsumida sanoat korxonalarini energiya resurslari bilan taʼminlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, ularni sotish, shu jumladan, eksport qilish, transport va logistika masalalari bilan bogʻliq muammolarni tezkor hal yetish " ga doir savollarga toʻliq javob berib oʻtdilar.