Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Obod xonadondan obod mahallagacha

 

     Zargarlar mahallasida " Obod xonadondan obod mahallagacha" shiori ostida olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

     O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi Urganch tuman bo‘limi tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlari mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolari o‘rganilib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan yaqindan tanishib, 15ta oilaga 12 xil turdagi Oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi, 1ta “Temir daftar”da turgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish mahsulotlari yetkazib berildi. Hududda joylashgan “Qarri bobo” qabristoniga tashrif buyurib qabriston tahoratxonasiga shu kunni o‘zida qurilish mahsulotlari yetkazib berildi.

 

     Kuz-qish mavsumi oldidan mahalladagi 85 ta turar-joy binolarini isitish qazonlari mo’rilarini dud bo‘rondan tozalash ishlari amalga oshirlidi, hududda joylashgan maktab binosini qazonxonasi o‘rganilib, kamchiliklari bo‘yicha tegishli tashkilotlarni jalb qilish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari mahalladagi ishsiz yoshlar, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida o‘quv kurslari tashkil qilindi. Mahallada osh damlanib, kasal, beva-bechoralga osh tarqatildi. Shuningdek, mahalladagi fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va mahalladagi aholi bilan birgalikda mahalla obodligi uchun uy-joylarning oldilari tartibga keltirilib, daraxtlar, butalar oqlandi.

 

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati