Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

   Xorazm viloyati Urganch tuman Barkampol avlod bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan Barkamol avlod yulduzlari Respublika ochiq tanlovining navbatdagi soni bolib otdi.

   Oquvchi- yoshlarning istedodi va ijodiy va intellektual salohiyatini royobga chiqarish, oquvchilar ortasida dostona aloqalarni yanada kuchaytirish, iqtidorli va kuchli bilimga ega yoshlar safini kengaytirish. Oquvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fan togaraklarini chuqur organishga qiziqishini oshirish, kelajakdagi kasblarini togri tanlashiga komaklashish, iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni qollab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu Respublika (ochiq) tanlovi Urganch tuman BABM da yil davomida 6 yoshdan 18 yoshgacha bolgan oquvchi-yoshlar ortasida otkazilib kelinmoqda. Tanlovda oquvchilarga yoshiga mos holda har xil mavzudagi STEAM metodika asosida mantiqiy savollar, topishmoq, maqollar, fanlar boyicha savollar taqdim etildi. Tanlov yakunida eng yuqori ball toplagan oquvchi golib deb topildi.

    Tanlovda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 41-sonli umumiy orta taʼlim maktabi oquvchilari ishtirok etishdi. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis senat azosi, Tillodomor xususiy korxonasi rahbari U.Sharipov, BABM direktori X.Kazoqov, tanlov boshlovchisi Sh.Samandarova, Shahrisabz tuman 41-son maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi S.Toshboboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tuman BABM direktor oʻrinbosari J.Qurboniyozova, Yoshlik mahallasi fuqarolar yigʻini yoshlar masalasi boyicha yetakchisi O.Saidov, ekspert guruhi azolari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

  Tanlov yakuniga kora, tanlovda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 41-sonli umumiy orta taʼlim maktabi 2-sinf oquvchilari ortasida T.Jumanazarov 1-orinni, U.Asqarov 2-orinni, K.Torayev va M.Sadullayevalar 3-orinni egallashdi hamda diplom, medal, esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

  Shuningdek, 6-sinf oquvchilari ortasida oʻtkazilgan tanlovda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 2-sonli umumiy orta taʼlim maktabi oquvchisi S.Abdinabiyeva 1-orinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tuman 61-sonli maktabning oquvchisi Z.Raimberganova 2-orinni, Xoram viloyati Urganch tuman 38-sonli maktabning oquvchisi B.Raximov va 1-sonli maktabning oquvchisi J.Jumanazarovlar 3-orinni egallab, tanlovning maxsus sovgʻalari hamda homiylar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.