Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Xorazmliklar kanali orqali “Urganch tuman hokimligi kimdan nimani yashirmoqchi?” sarlavhali post e’lon qilindi.

Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan postda ko‘rsatilgan tuman hokimining yashirin holatdagi 2023-yil 16-noyabrdagi 199-12-173-F/23-sonli farmoyishi 

“E-qaror” elektron tizimi orqali o‘rganilganda, ushbu farmoyish bilan "O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi"ning 73-moddasiga asosan tuman mahalliy byudjetining zahira mablag‘lari hisobidan, 

1) 2 nafar fuqarolarning davolanishi uchun 5 mln. 500 ming (besh million besh yuz ming) so‘m tibbiyot birlashmasiga,

2) 1 nafar fuqaroning davolanishi uchun 1 mln (bir million) so‘m plastik kartasiga o‘tkazib berish uchun tuman hokimligiga,

3) Urganch-Xiva yo‘liga ekilgan gul ko‘chatlari xarajatlari uchun 10 mln. (o‘n million) so‘m tuman obodonlashtirish boshqarmasiga,  

4) 12-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbirini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 35 mln. (o‘ttiz besh million) so‘m mablag‘ tuman hokimligiga,

5) Urganch tuman hokimligining majilslar zaliga konditsioner sotib olish xarajatlari uchun 30 mln. (o‘ttiz million) so‘m mablag‘ tuman hokimligiga ajratilishi belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishda, haqiqatdan ham ushbu farmoyishda shaxsga doir ma’lumotlar mavjudligi sababli, hokimlik tomonidan farmoyish “E-qaror” elektron tizimida asosli yashirin holatda o‘tkazilgan.

Ma’lumot tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.