Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

     Ijtimoiy tarmoqlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Urganch tumani, Qumrobod mahallasida ekilgan koʼchatlarni yoʼq qilinishi bilan bogʼliq tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi Urganch tuman boʼlimi tomonidan oʼrganish ishlari olib borildi.

     Oʼrganishda, Gʼalaba qishlogʼi, “Qumravot” mahallasi hududida Xalq deputatlari Urganch tuman kengashining 2023 yil 3 maydagi “Urganch tuman hududida Yashil bogʼlar va yashil jamoat parklari tashkil etish toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan 2,9 gektar yer maydoniga 2023 yil bahor mavsumida jami 1950 tup manzarali daraxt koʼchatlari ekilganligi va ekilgan koʼchatlarini sugʼorish tizimi buyurtmachi “Agro-Eko-Innovatsion-Tomorqa-Xizmati” MChJ tomonidan oʼrnatilgan 25 metr chuqurlikdagi sutkasiga 300 m3 suv chiqarish hajmiga ega bitta yer osti quduqi orqali amalga oshirilayotganli, biroq bugungi kunda ushbu daraxt koʼchatlari tabiiy omillar taʼsirida oʼsish jarayonidan toʼxtab qurib qolganligi aniqlandi.

     Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 35-bandida sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish ishlari, quriyotgan yoki qurib qolgan, dekorativ xususiyatini yoʼqotish natijasida hovli, koʼcha va boshqa jamoat joylarining koʼrinishini buzib turgan, kasallikka chalingan, kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hashoratlarning manbaiga aylangan, shuningdek odamlarning hayoti va sogʼligʼiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalaga oshirish belgilangan.

     Yuqoridagilarga asosan Gʼalaba qishlogʼi, “Qumravot” mahallasi hududida joylashgan 2,9 gektar yer maydoniga ekilgan manzarali daraxt koʼchatlari bugungi kunda oʼsish jarayonidan toʼxtab, qurib qolganligi sababli tegishli tashkilotlar ishtirokida olib tashlangan.

     2023 yil kuz mavsumida “Oʼrmonloyiha” loyihalash instituti tomonidan mazkur hududda “Yashil bogʼ” tashkil etish boʼyicha loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Ishlab-chiqilgan loyiha smeta hujjatlarigi muvofiq, 2023 yil kuz mavsumida “Yashil hudud” DUK tomonidan hududda “Yashil bogʼ” tashkil etish boʼyicha manzarali daraxt koʼchatlar ekilishini maʼlum qilamiz.