Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

     Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumani, Baxshilar mahallasi, Baxshilar koʻchasida yashovchi fuqaro L.Atauratov tomonidan mahalladagi ichki yoʻllar taʼmirtalabligi, va  eski Urganch-Shovot yoʻlining chetida piyodalar yoʻlakchasi yoʻqligi sababli oʻzi va fuqarolar aziyat chekayotgani toʻgʻrisida videomurojaat yoʻllagan edi.
     Murojaat yuzasidan Urganch tumani hokimligi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilayotganligini va oʻrganish ishlari yakunlangach tuman hokimligining urganchhokimiyat.uz veb-sayti hamda rasmiy sahifalari orqali qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz.