Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

     

Ijtimoiy tarmoq orqali eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

     Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu “qurilma qonuniymi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan xabar chiqishidan oldin Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan 16.01.2024 yil kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.

     Jumladan, Urganch tuman hokimining 23.06.2020-yildagi qaroriga asosan Urganch tuman «Yuqoribog‘» qishlog‘i “Qipchoq” mahallasi hududidan fuqaro R.Sh. 56.0 kv.metr yer maydonida vaqtinchalik yengil tipdagi do‘kon qurilmasi o‘rnatishga ruxsat berilgan bo‘lib, fuqaro R.Sh tomonidan vaqtinchalik ajratib berilgan yer maydonidan tashqari qo‘shimcha 62.0 kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda betonlashtirish ishlari bajarilganligi aniqlangan hamda Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan fuqaro R.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasining 3-qismiga asosan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan va bugungi kunda fuqaro R.Shning maʼmuriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

     Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan 2-holatda fuqaro I.Iga qarashli bo‘lgan namunali turar joy yon tomonida qurilish ishlari bajarilayotganligi o‘rganilganda, Urganch tuman hokimining 2019 yil 13 avgustdagi qarori bilan fuqaro I.I ga qarashli bo‘lgan turar joyga egalik huquqini belgilab berish va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga asosan namunali turar joyiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganligi hamda mazkur hududda tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz qurilish ishlari bajarilayotganligi sababli Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 68-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan va bugungi kunda fuqaro I.Ining maʼmuriy javobgarlik masalasi yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilganligi hamda bu yuzadan qo‘shimcha maʼlumot taqdim qilinishini bildiramiz.