Расмий веб сайти
URGANCH TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ 15 NAFAR XOTIN-QIZLAR VA FARZANDLARIGA REABILITATSIYA VOSITALARI TARQATILDI
Eng ulug‘ bayramimiz arafasida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi bosh yuriskonsulti I.Kutlimuratov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi N.Asqarov, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Masharipova, Urganch tumani hokimi G.Sultonovlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari va 8 nafar fuqarolarga eshitish moslamalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Ushbu reabilitatsiya vositalari Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan ajratilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar o‘zlariga bildirilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.