Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanining, Gulobod mahallasidagi tomorqa yerida payhon qilingani bugʻdoy ekin maydonidan maktabgacha taʼlim muassasasi qurishi uchun yer maydoni ajratilganidan norozi boʻlib videomurojaatlar tarqalgan edi. Murojaat yuzasi quyidagilarni maʼlum qilamiz. Urganch tumani, Gulobod mahallasida "Saodatjon" MCHJ ga davlat sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil qilinishi uchun viloyat hokimining qarori bilan 0.35 gektar er maydoni ajratib berilgani.

Ajratilgan yer maydonidan 6 nafar fuqarolar foydalanib kelgan . Fuqarolarning barchasiga Gulobod mahallasi hududidan tuman hokimligining zaxira yerlaridan tomorqa yeri ajratib berilgan. Ammo fuqaro R.Abdullayev va Oʻ.Xaqnazarovlar qurilish ishlarini olib borilishidan norozi boʻlib murojaat yoʻllagan. Ushbu fuqarolarning barchasiga Gulobod mahallasi hududidagi tuman hokimligining zaxira yerlari hisobidan tomorqa yeri ajratib berilgan. 4 nafar fuqarolar kelishuvga asosida Gulobod mahallasi hududidagi tuman hokimligining zaxira yerlari hisobidan tomorqa yeri ajratib berilishiga rozilik bildirgan. Hozirda Urganch tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borayotganini, oʻrganish ishlari yakunlangach qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz.