Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

    Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakson to`rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida:

1. Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Urganch tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh, zahirada turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 709-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ixtisoslashuvi va yo‘nalishini o‘zgartirish to‘g‘risida

3. Tuman prokurori S.Gaybievning tumanda prokuratura organining qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti toʻgʻrisida

4. 2023-yilning o‘n ikki oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbaevning axboroti to‘g‘risida

5. Urganch tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i U.Artiqovning 2023-yil o‘n ikki oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

6. Urganch tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yavqachevning 2023-yil 4-choragi davomida norma ijodgorligi hamda tumanda ijtimoiy–iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha olib borilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida

7. Urganch tuman mahalliy budjetining 2024 moliya yili boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

8. Urganch tumanida 2023-yil davomida aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Z.Sharipovning hisoboti to‘g‘risida

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapaevning xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yil 4-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida

10. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining 2024-yil uchun Ish rejasi to‘g‘risida;

11. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 12. Urganch tumani 3-sektor hududini qompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilkatikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2024-yilning 1-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ishlar “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ190-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ 316-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB YXXG katta inspektori X.Madaminovning hisoboti to‘g‘risida

  Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

   Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining sakson to`rtinch sessiyasi tuman hokimligining "Facebook" dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.

 

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.