O‘zMTDP saylovoldi dasturi ijrosini taminlash maqsadida Urganch tuman Kengashi tomonidan partiya xodimi va deputatlardan iborat  Ishchi guruh tuzilib tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarufidagi “Obi hayot” bolalar oromgohi o‘rganildi.

Ormgoh bolalar maroqli dam olishiga tayyor, hozirda oromgoh 5 ta blokga ajratilgan bo‘lib 4 ta blokda 20 nafardan bolalar joylashtirilgan. Ular uchun tashkil etilgan elektron kutibxona mavjud, kutubxona 3000 ta badiy adobiyotlari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari kompyutor to‘garagi xonasida 8 ta kompyutor o‘rnatilgan.

Oromgox yotoqxonasi va oshxonasi kunda ikki marta 0.5 foizli xlor eritmasi bilan, 2ta xojatxona 1 foizli xlor eritmasi bilan tozalanishi yo‘lga qo‘yilgan. Oromgox xodimlari 5-blokni polini ta’mirlab berilsa qo‘shimcha yana 20 nafar bolalarimizni qabul qilishi mumkinligi,  elektron kutibxonani internet tarmog‘iga ulanishida va tibbiyot xamshirasi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ajratililishi belgilangan 35ta dori vositalarining faqat 14 xili berilganini aytib, birinchi yordam ko‘rsatish vositalari bilan to‘liq ta’minlanishida amaliy yordam berishni so‘rashdi.

Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshqarmasi tasarufidagi “Zakovat” bolalar oromgohi esa bolalar dam olishiga tayyor emas. Sanitariya-gigeyenia talablarga javo bermaydi. Hozirda oromgohda 80 nafar bolalar joylashtirilgan. Elektron kutibxona, kompyutor to‘garagi, musiqa to‘garaklari tashkil etilmagan.

80 ta bolalar uchun 6 o‘rinli 1ta xojatxona qurilgan, xojatxona ta’mirtalab axvolida. Oshxona 120 o‘ringa mo‘ljallangan toza ichimlik suvi va oziq ovqatlarni sifatli saqlash uchun muzlatkichlar bilan ta’minlanmagan. Bolalar yuvinish xonasiga o‘tish yo‘lagi yoshlarimiz hayotiga xavf soladi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutassaddi tashkilotlar bilan gaplashilib, deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.