Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

      1 Oktyabr - "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylar uchun tumandagi Mumtoz toʻyxonasida bayram tadbiri tashkil qilindi.

 

     Tadbirda Urganch tumani hokimi G.Sultanov 1 Oktyabr - "Ustoz va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami munosabati bilan barcha ustozlarni tabriklab, taʼlim, sport va madaniyat sohasida samarali mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarga hokimlik tomonidan tashakkurnomalar va estalik sovgʻalari topshirildi.

 

     Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy salohiyati taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa koʻp jihatdan oʻqituvchi va murabbiylarga bogʻliq. Shu sababli mamlakatimizda oʻqituvchi va murabbiylarning obroʻ-eʼtiborli yanada oshirishga eʼtibor qaratilgan.

 

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.