Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Urganch tumanida 8 ta mega loyihalar amalga oshiriladi

   Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qoʻshma loyihasida ana shunday ulkan maqsadlar qoʻyilgan.

   Bugun Urganch tumani hokimligida tumani hokimining oʻrinbosari P.Madraimov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xorazm viloyati hodimlari uchrashib Loyiha doir masalalarni koʻrib chiqish hamda Loyihaga masʼul hodimlar bilan uchrashuv tashkil qilish masalalari koʻrib chiqildi.

   Xorazm viloyatining 6 ta tumanidagi 49 ta mahallada 216 ta obʼektni qayta taʼmirlash va 11 ta yangi bolalar bogʻchalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi obʼektlarni qurish natijasida 178 ming qishloq aholisi uchun infratuzilma yaxshilanishi rejalashtirilgan.

   Shu jumladan, Urganch tumanidagi Jayxun, Uyshun, Hilol, Gulobod, Baxshilar, Hidoyat, Merganovul hamda Yuqoriovul mahallalari klaster rivojlantirish rejasiga kiritilgan boʻlib, mahallalarning infratuzilmasi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.