Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Vatanparvarlik karvoni

     Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi va “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlarini hayotga keng tatbiq etilmoqda. Prezidentimizning ushbu qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, oʼgʼil-qizlarimiz orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda Milliy armiyamizga boʼlgan qiziqishini oshirish yoʼlida turli tadbirlar uyushtirilmoqda.

     Oʼzbekiston Respublikasi “Vatanparvar” tashkiloti Urganch tuman oʼquv sport texnika klubida “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida tashkil qilingan “Vatanparvarlik karvoni” festivali tashkil qilindi.

     Tegishli tashkilotlar hamkorligida oʼtkazilgan mazkur tadbirda Urganch tumanidagi mahalla yoshlari sportning texnik va amaliy sport turlarining jihoz va asboblari, qurol-aslaha hamda harbiy texnikalaridan iborat koʼrgazmasi bilan yaqindan tanishib, pnevmatik qurol va kamondan oʼq otish borasida oʼzlarining merganlik mahoratini sinab koʼrishdi. Buning barobarida, sport mototsikllari poygasidan koʼrgazmali chiqishlaridan bahramand boʼlishdi.