Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Seminar

     Urganch tumanidagi Oyoqbogʻ mahallasida aholiga dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish uchun ajratilgan  er maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha viloyat seminar kengashi oʻtkazildi. Ma'lumot oʻrnida aytish joiz, keyingi ikki yilda viloyat boʻyicha 12 609 gektar er maydonlari aholiga dehqon xoʻjaliklari yuritish uchun ajratib berildi. Joriy yilning 1 mart sanasigacha yana 1124 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan erlar aholiga elektron  auksion savdolar orqali dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

     Seminarda viloyat hokimining oʻrinbosari Oʻktam Masharipov soʻzga chiqib, Respublika Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 fevraldagi “Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta'minlash, dehqon xoʻjaliklarida ekinlarni “Bir dala, bir mahsulot” tamoyili asosida joylashtirish, mahsulotni etishtirishdan tortib sotishgacha boʻlgan zanjirni yaratuvchi “kooperativ” va “agregator” tizimini joriy qilish masalalari xususida toʻxtaldi.