×
27-авг 2024 yil 102

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida “Uchko'prik" mahallasining 2.3 km. ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi

 
Urganch tumanida joriy yil 1-mavsumida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va “eng koʻp” ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan takliflar asosida mahallalarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

"Uchko'prik" mahallasining "Temur Malik" shoh ko'chasida loyiha asosida 2.3 km. asfalt yotqizish belgilangan boʻlib, pudratchi tashkilot tomonidan asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarildi.

     “Tashabbusli byudjet”da gʻolib takliflar doirasida hududlardagi ichki koʻchalarda taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech