Urganch tumanida “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda.

Butun mamlakatimiz boʻylab 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan edi. Shunga koʻra, tumanimizdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda aksiya oʻtkazilmoqda. Xususan, Urganch tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Tojiyev va kengash xodimlari aksiyada faol ishtirok eshitmoqda. Kengash hodimlar tomonidan Mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng targʻib qilinib, jamoatchilik vakillari ham daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” tadbirlariga jalb etilmoqda. Shuningdek qoʻshimcha tomorqa yerlariga mevali daraxtlar ekish istagini bildirgan xonadon egalariga mevali daraxtlar koʻchatlari yetkazib berildi.

Bugun Urganch tumani hokimi F.SHaripov tumandagi Doʻrman mahallasiga tashrif buyurdi va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga oʻz hissasini qoʻshdi.  bu kabi ezgu ishlar natijasida kelgusida tumanning barcha hududlari yashillikka burkanib, ekologik musaffolikka erishiladi. Zero, atrof-muhit musaffoligi va ekologiyaning tozaligi inson salomatligini taʼminlaydi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati