Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Urganch tumani hokimi Rossiyalik investorlar bilan uchrashdi

    Urganch tumani hokimi Sultanov Gʻayratjon Poʻlatovich, Rossiyaning STS-GRUPP rahbari Velichkin Andrey Anotolevichni qabul qildi.
    Uchrashuv davomida tomonlar avvalo ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamkorlik aloqalari yuqori bosqichda olib borilayotganini eʼtirof etishdi. Investorlar Urganch tumanining ishlab chiqarish salohiyati, investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarni inobatga olgan holda biznes uchun qulay tuman ekanligini taʼkidlashdi.

    Rossiyalik tadbirkor tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga moʻljallangan xorijiy korxonalar tashkil qilish loyihalari yuzasidan fikr-mulohaza almashdi. Amalga oshiriladigan loyiha doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor qadoqlangan mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati