Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarida Urganch tuman Orzu mahallasidan o‘tgan ko‘prik tagidan "Kanalizatsiya" suvi Shovot kanaliga qo‘shilib ketgani sababli, “Xorazm xalqini zaharlashga topshiriq berilganmi” nomli videomurojaat tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyat Ekologiya boshqarmasi Urganch tuman bo'limi hamda "Xorazm suv ta'minoti" MChJ Urganch tuman bo'limi xodimlaridan iborat ishchi guruh joyiga chiqib o'rganilganda, ushbu ko'prik tagidan o'tgan ichimlik suv quvuridan va chiqindi quvurlarida nosozliklar borligi aniqlandi va quvurlardagi  nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf qilinib foydalanishga topshirildi. 

Shuningdek, quvurlarda  ta’mirlash ishlariga zaruriyat mavjudligi sababli qo’shimcha ta’mirlash ishlari olib borilayotgaligini ma'lum qilamiz.