Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

     Azaldan koʻchat ekib, bogʻ yaratish xalqimizga xos ezgu amal hisoblangan. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Urganch tumanida ham hudud iqlim sharoitiga mos boʻlgan koʻchatlar ekish ishlari qizgʻin tashkil etilmoqda.

     Urganch tuman IIB xodimlari tamomidan 3-sektor hududida yashil makon umum milliy loyihasining 2023 yil kuz mavsumi doirasida 461 ta manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari ekildi.

     Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, taʼlim muassasalarini, mahallalarni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.