2021- yilning 1-25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining YUqori CHirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining YAshnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

   Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Xiva shahrida joriy yilning may oyida tanlab olingan va maxsus o‘qitilgan 22 nafar registrator tomonidan mahallalar kesimida uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgan edi. Bajarilgan mazkur amaliyot natijasida kadastr idoralari bilan hamkorlikda hududning kartografik chizmalari yangilandi.

   Hozirgi kunda mahallalarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilishga mo‘ljallangan 7 ta ro‘yxatga olish uchastkasi, shuningdek, har 5 nafar ro‘yxatga oluvchi ishini nazorat qilib boruvchi 36 ta instruktorlik uchastkasi tashkil etilgan.

   Uchastkalar uchun mahalliy hokimliklar tomonidan zarur vositalar bilan jihozlangan bino yoki xonalar ajratilmoqda.

     Xivada ro‘yxatga olish jarayoniga 268 nafar xodim jalb etilishi rejalashtirilgan.

 

                          Xorazm viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati