Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi

“Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” munosabati bilan Urganch tumani 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida 2-4-12 - son umumiy o‘rta ta’lim maktablari ayol o‘qituvchilari o‘rtasida marafon sport turi bo‘yicha Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati, tuman hokimligi va homiylar tomonidan “KENGASH RAISI KUBOGI” sport musobaqalari tashkil etildi.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir bayramona ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan tashkil qilingan sahna ko‘rinishlari, ashula va raqs ijrolari tadbir qatnashchilari dillarini xushnud qildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan beshta muhim tashabbus bo‘yicha amalga oshirgan ishlari tadbir qatnashchilariga taqdim qilindi.

         Ushbu marafonda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi ayollar homiylar tomonidan velosiped va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida bayramona osh qilindi va sumalak pishirib tarqatildi. Tadbirda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi raisi, tuman hokimi F.Sharipov qatnashib, marafon qatnashchilarini shaxsan tabriklab, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Bundan tashqari, Chakkasholikor qishlog‘idagi 8 ta mahallaning uyushmagan yoshlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Homiylar tomonidan 8 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi muxtoj oilalarga 100 qop un maxsuloti tarqatildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.