Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

BUGʻDOY EKISH MAVSUMIGA START BERILDI

    Qishloq xoʻjaligi sohasida dolzarb palla boshlandi. Bir tomondan paxta hosiliga mavsumiy agrotexnik tadbirlar, ikkinchi tomondan el rizqi boʻlgan kuzgi bugʻdoy sepadigan vaqt yaqinlashmoqda.


      Shu munosabat Urganch tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Anjirchi naslli chorva” fermer xoʻjaligi dalalarida, bugʻdoy urugʻlarni qadash ishlarini amalga oshirish maqsadida amaliy koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Unda agrar sohadagi dolzarb masalalar muhokama etildi.
    Tadbirda Urganch tumani hokimi G.Sultanov, sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosari M.Abdullayev va tumandagi gʻalla ekuvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda qishloq xoʻjaligida koʻp yillik malakaga ega faxriy mutaxassislar ishtirok etishdi.


      Maʼlumot uchun Urganch tumanida 120 ta fermer xoʻjaliklarida 3500 gektar gʻoʻza qator yer maydonlariga 9 turdagi bugʻdoy urugʻlarni qadash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati