Расмий веб сайти
Urganch tuman axborot-kutubxona markazida ,,Zulfiyaxonim izdoshlari'' mavzusida balli qizlar bellashuvi bo'lib o'tdi
Bellashuvda tumandagi 1-36-38-sonli maktabning zukko qizlari 4 shart asosida o'zaro bellashdilar. Bellashuvga Urganch tumani hokimining maslahatchisi I.Rahimova, 38-sonli maktabning MMIBDO' Sh.Rustamova, tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari B.Jumaniyozov hakamlik qildilar va ishtirokchilarni baholadilar.
Bellashuv natijalariga ko'ra ishtirokchilarga ,,Zulfiyaxonimning haqiqiy izdoshi'', ,,Eng nafosatli qiz'' , ,,Eng zukko qiz'' nominatsiyalari berildi. Bellashuv so'ngida ishtirokchilarga tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg'alari topshirildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.