Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

     

       Chavandozlar maktabi birinchiligi o‘tkazildi 

     3-iyundan “Yangi O‘zbekiston –yoshlar mamlakati”shiori ostida”Yoshlar oyligi”munosabati bilan,chavandozlar maktabi to‘garagi a’zolari va havaskor yoshlar o‘rtasida, ot sportining    “Polo” turlari bo‘yicha   Chavandozlar maktabi birinchiligi   o‘tkazildi .

      Joriy yilning 9-iyun kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani 3-sektor hududiga qarashli“Killavut”mahallasiga joylashgan   Chavandozlar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5212-sonli qarorining 10.7-bandi ijrosini ta’minlash , viloyatda ot sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi

PQ-5211-sonli qarorining 2-ilova. 4.2.-bandlari ijrosi bo‘yicha

  - jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

- ot sport turlarini mahalla yoshlari  o‘rtasida  targ‘ib qilish hamda ommalashtirish ,rivojlantirish;

- yoshlar orasidan yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash

 

-ot sport musobaqalari orqali  yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash;

- mardlik va vatanparvarlik, ona vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish;

- ot sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishdan maqsadida .

3-iyundan “Yangi O‘zbekiston –yoshlar mamlakati”shiori ostida”Yoshlar oyligi”munosabati bilan,chavandozlar maktabi to‘garagi a’zolari va havaskor yoshlar o‘rtasida, ot sportining    “Polo” turlari bo‘yicha   Chavandozlar maktabi birinchiligi  musobaqasi   o‘tkazildi .

 

    Musobaqaning yoplish marosimida   Chavandozlar maktabi direktori O.Atadjanov ,o‘rinbosari T.Yu.Sattarovalar, so‘zga chiqib ot sportini targ‘ib qilib hamda g‘oliblarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab,g‘olib jamoalarni  tashkilotchilar, tomonidan ajratilgan tegishli diplomlar bilan taqdirladi .

      Musobaqa yuqori saviyada  o‘tkazildi va   ishtirokchilarda,  yanada  ot sportiga kuchli qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.

Jami 28 nafar  ishtirokchi, shulardan 2 nafarini  xotin –qizlar tashkil qiladi.