Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Gepatit A kasalligini qanday qilib oldini olishimiz mumkin?

Gepatit “A” kasalligini “iflos qoʻllar” kasalligi deb atalishi bejiz emas. Xalq orasida sariq kasalligi deb ham yuritiladigan bu kasallik virusi yuqishida shaxsiy gigiyenaga toʻla rioya etmaslik, tozalik, ozodalikka yetarli eʼtibor bermaslik, qaynatilmagan suv ichish asosiy sabab boʻladi.
Virusli gepatit "A” – o’tkir yuqumli antropanoz kasallik bo’lib, kasallikning qo’zg’atuvchisi viruslardir. Kasallik jigar faoliyatining buzilishi va organizmda umumiy zaharlanish alomatlari bilan kechadi.
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamliligi uning xona haroratida bir necha haftadan bir necha oygacha, 40 C⁰ bir necha oygacha, 
-200 C⁰ da bir necha yilgacha tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi, ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, xattoki yillab saqlanishi mumkin. Virusli gepatit "A” kasalligining asosiy manbai bemor odam hisoblanadi. Oʻtkir Gepatit "A" kasalligi jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Bemorlarda holsizlik va charchoq kuzatiladi, ishtahasi boʻlmaydi. Isitma chiqishi, ichi ketishi mumkin. Gepatit “A” da har doim ham tanaga sariqlik bilan kechmaydi, baʼzi holatlarda sariqsiz kechishi mumkin. Ana shunisi nisbatan xatarli, chunki, ota-ona bolam shamolladi yoki diareya boʻldi, deb oʻz bilganicha davolab, bemorning ahvolini yana-da ogʻirlashtiradi. Bu boshqalarga virus yuqishi xavfini ham orttiradi. Bugungi kunda dunyoning ayrim davlatlarida virusli gepatit "A” kasalligidan himoyalovchi samarali vaksinalar ishlab chiqilib, ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda. Virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi emlash 94-98% holatlarda virusli gepatit "A” kasalligini oldini oladi va ushbu vaksina ishlatilganda emlashdan keyingi asoratlar kuzatilmaydi.

Hozirgi vaqtda, virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi emlash ishlari keng tarzda olib borilmoqda. Virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi emlash maqsadida, Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan "MEVAK-A” vaksinasi qo’llanilmoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga ko’ra, ushbu vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bo’lib, vaksinatsiya bir marotaba qo’llaniladi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi emlashga asosan 18 oyligidan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar emlanishi rejalashtirilgan. Virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi emlash ishlari viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalaridagi emlash punktlarida amalga oshiriladi. Bolani bogʻchaga, maktabga berishdan oldin albatta emlatish kerak. Ota-onalarga bu haqda targʻib qilishda tibbiy brigada hamshiralarining roli katta. Bundan tashqari, har gal oila koʻrigiga borgan tibbiy brigada hamshirasi yoki oilaviy shifokor xonadonda qaynatilgan suv ichiladimi, tozalik, ozodalik muhiti talab darajasidami, bunga ham eʼtiborli boʻlishi lozim.
Hurmatli ota-onalar, bolalaringizni virusli gepatit "A” kasalligiga chalinmaslikning asosiy va yagona usuli, virusli gepatit "A” kasalligiga qarshi profilaktik emlash hisoblanadi.


Urganch tuman SEO va JSB epidemiologiya va immunoprofilaktika bo'limi vrach epidemiologi: Z.Egamberganova