Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

KATTA TURNIR BO‘LIB O‘TDI.

Joriy yilning 6 mart kuni Xorazm viloyatida mahallalar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini "Hokim kubogi" turnirini tuman bosqichlari bo'lib o‘tdi.  Ushbu turnirda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichiga yo'l oldi. Turnirda viloyatdagi barcha mahallalar o'z jamoalari bilan ishtirok etishdi. Ushbu turnirda 600 dan ortiq mahallalar ishtirok qildi.

Tuman g'oliblarini har bir ishtirokchisiga esa kitoblar bilan to'ldirilgan kitob javoni va boshqa qimmatbaho sovg'alar tuhfa qilindi.

Turnir SINXRON tarzda bo'lib o'tdi, ya'ni soat 14:00 da barcha tumanlarda o'yin boshlandi va bir xil savollar paketiga javob berishdi. Buning uchun barcha tumanlarda sharoitlar xozirlab qo'yilgan edi.

Shuningdek, Urganch tumanida ham Urganch axborot texnologiyalari texnikumi binosida ushbu turnir tashkil etildi.

O'yin so'ngida har bir tuman g'olibi aniqlanib, VILOYАT bosqichiga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

G'OLIBLAR BILAN TANIShING!

  1. URGANCH TUMANI OQ OLTIN MFY.
  2. Xiva tuman Pirnaxos MFY;
  3. Xiva shahar Sangar MFY;
  4. Xonqa tumani Durgadik MFY;
  5. Shovot tumani Qiyot MFY;
  6. Yangibozor tumani Istiqlol MFY;
  7. Urganch shahar Ziyokorlar MFY;
  8. Bog'ot tumani Yosh o'smir MFY;
  9. Gurlan tumani Boldoqli MFY;
  10. Yangiariq tumani Shixbog'i MFY;
  11. Qo'shko'pir tumani Qorovul MFY;
  12. Hazorasp tumani Pichoqchi MFY;
  13. Tuproqqal'a tumani Oxunboboev MFY.