Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

MATBUOT ANJUMANI

   Urganch tumani hokimligida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

   Anjumanda Urganch tumani hokimligida viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, tuman hokimining oʻrinbosari A.Xujayev va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturiga doir xodimlari uchrashib, loyihaga doir masalalarni koʻrib chiqish hamda loyihaga masʼul xodimlari va loyihaga taalluqli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

   Uchrashuvda tumanda amalga oshiriladigan 8 ta loyihaning mohiyati hamda tashkiliy masalalari toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi va OAV vakillarini qiziqtirayotgan savollarga javoblar berib oʻtdilar.

   Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qoʻshma loyihasida ana shunday ulkan maqsadlar qoʻyilgan.

   Xorazm viloyatining 6 ta tumanidagi 49 ta mahallada 216 ta obyektni qayta taʼmirlash va 11 ta yangi bolalar bogʻchalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi obyektlarni qurish natijasida 178 ming qishloq aholisi uchun infratuzilma yaxshilanishi rejalashtirilgan.

   Shu jumladan, Urganch tumanidagi Jayxun, Uyshun, Hilol, Gulobod, Baxshilar, Hidoyat, Merganovul hamda Yuqoriovul mahallalari klaster rivojlantirish rejasiga kiritilgan boʻlib, mahallalarning infratuzilmasi "Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati