MEDIA TUR

Urganch tumanida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va targʻibot ishlarini amalga oshirish maqsadida tumanidagi Qoʻngʻirot mahallasiga media tur tashkil qilindi.

Unda Urganch tumani hokimligining masʼul xodimlari, tashkilotlar rahbarlari, viloyat va tuman ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Media tur davomida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar va oldinda rejalashtirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati