Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш


MUROJAATNOMAGA MUNOSABAT

"Yangi O‘zbekiston" gazetasi orqali e’lon qilingan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaati”ni diqqat bilan o‘qib to‘lqinlanib shunday degim keladi, Men shunday bebaho yurtning farzandi bo‘lganligimdan faxrlanaman.

 

Muhtaram Prezidentimizning aziz xalqimizning ertangi kuni uchun olib borayotgan odilona siyosatlariga har bir O‘zbekiston fuqarosi mehr-muhabbat bilan, yuksak ma’naviyat bilan, bilim va salohiyat yurtni sevishdek fidoyilik bilan labbay deb javob berishim shart va zarurligi takidlangan.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, umumiy va mushtarak maqsadlar yoʻlida milliy jipslik, har bir ishni ilm, aql va ma’rifat bilan, xalq bilan kengashgan holda amalga oshirish, faqat va faqat oldinga qarab borish bugungi hayotimiz va faoliyatimizning kundalik qoidasiga aylanishi lozim.

 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” degan fikrlari juda ta’sirli va muhimdir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, umumiy va mushtarak maqsadlar yoʻlida milliy jipslik, har bir ishni ilm, aql va maʼrifat bilan, xalq bilan kengashgan holda amalga oshirishimiz lozim. Degan fikrlari juda ta’sirli va muhimdir.

 

“Elning kuchi — birlikda, elning baxti — tinchlikda” degan fikrga alohida urg‘u berib tushunsak bekorga bu azaldan donishmandlar tomonidan aytilmagan qayerda birlik bo‘lsa u yerda hamisha tinchlik bo‘ladi va xalq birlikda yashaydi. Bu ibratli so‘z faqat qalbda qolibgina emas hayotiy qo‘llanma sifatida ishlatish va unga amal qilish har bir xalqimiz uchun keraklidir.

 

Mamlakatimizning ertangi taqdiri va kelajagi uchun Barchamiz birdek mas’ulmiz, yosh o‘g‘il-qizlarimizning tarbiyasi uchun barchamiz javobgarmiz. Chunki millat bolalarining begonasi bo‘lmaydi. Tarbiya masalasida beparvo bo‘lib, bir chekkada qo‘l qovushtirib turish, bu — Vatanga, kelajakka xiyonat bilan barobar hisoblanadi.

Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari,  tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar yuzasidan so‘z olib bordi.

Shu ma’noda, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “Har bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ma’naviy-ruhiy qudrati, ichki intizomi, totuvligiga bog‘liq. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi” degan so‘zlari hozirgi kunimiz uchun ham g‘oyat dolzarb ahamiyatga egadir.

 

“Oila ma’naviyati va mahalla muhiti - milliy taraqqiyotimiz kafolatlari” shunday ekan eng avvola tarbiyani oiladan mahalladan boshlasak yoshlarimizni kelajakda ma’naviy jihatdan yetuk, har tomonlama bilimli bo‘lib yetishishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. “Mahalla – tarbiya o‘chog‘i, ma’naviyat maskani” deb bejizga aytilmagan.

 

Keling, aziz ota-onalar, qadrli ziyolilar va ustozlar, muhtaram mahalla faollari-barchamiz — Yangi O'zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda bir tan-u bir jon bo‘laylik!

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi bosh mutaxassisi Q.Sobirov